Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahorat darsi
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotda amaliy ta’limni samarali tashkil qilish masalalari yoritildi.
E’lon qilindi: 4 ta surat366 marta ko‘rilgan
2026-yil 8-iyun kuni Samarqand tuman texnikumida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mutaxassisliklari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis Z. M. Sharipov professional ta’lim tizimida ishlab chiqarish amaliyotini o‘qitish mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mahorat darsida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mutaxassisligini puxta egallashiga ko‘maklashish hamda bu jarayonda pedagog xodimlarning o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Xitoyda malaka oshirib qaytgan Umed Samadov avtomobillarning zamonaviy turlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.