“Harbiy xizmatchining bir kuni” ma’naviy-ma’rifiy sayohati tashkil etildi

15.12.2025 16:41
admin
Yangiliklar
367

Samarqand tuman texnikumida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Harbiy xizmatchining bir kuni” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohatda texnikumning harbiy tayyorgarlik rahbari, jismoniy tarbiya rahbari hamda bir guruh o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Sayohat davomida o‘quvchilar Samarqand shahridagi harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat tartibi, intizomi va mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Harbiy mutaxassislar o‘quvchilarga harbiy texnikalar, jumladan og‘ir jangovar texnikalar va ularning imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berdilar. Shuningdek, o‘quvchilar ochiq maydondagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va harbiy xizmatchilarning jismoniy chiniqish jarayoni bilan tanishtirildi.

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.