Samarqand tuman texnikumi o‘quvchi qizlari “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etishdi.
Tanlov davomida o‘quvchilar ekologik qonunchilik, tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitga oid huquqiy bilimlar bo‘yicha o‘z bilim va tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Bunday tanlovlar yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ongli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.