2026-yil 7-oktabr kuni Samarqand tuman texnikumida yoshlar uchun “Rad etish ko‘nikmalari” va “Mening tanlovim — sog‘liq” mavzularida psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda giyohvandlik vositalarining salomatlik, ta’lim olish, oilaviy hayot va kelajakka salbiy ta’siri tushuntirildi. Yoshlar zararli odatlardan uzoq bo‘lish va sog‘lom hayot tarzini tanlashning ahamiyati haqida fikr almashdi.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi. Treninglar salbiy takliflarni rad etish va o‘z tanloviga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.