Samarqand tuman texnikumi o‘quvchilari ishtirokida “Moziyga sayohat” tashkil etildi. Sayohat davomida yoshlar Samarqanddagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishdi.
Tarixiy maskanlarni bevosita ko‘rish o‘quvchilarga yurtimizning boy o‘tmishi va qadimiy yodgorliklar haqida tasavvurini kengaytirish imkonini berdi. Bunday tanishuv madaniy merosga hurmat bilan qarash va uni asrab-avaylashning ahamiyatini tushunishga xizmat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy sayohat o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, mahalliy turizm va tarixiy merosga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.