Samarqand tuman texnikumida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – keksalarning muqaddas burchi” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” hamda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Unda texnikum ma’muriyati va faxriy ustozlar qatnashib, mavzu yuzasidan o‘quvchilarga atroflicha tushunchalar berdilar.
Uchrashuv davomida nuroniylar yosh avlodni milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylash, mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish har bir yoshning sharafli va mas’uliyatli burchi ekanini alohida ta’kidladilar. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.