2026-yil 7-sentabr kuni Samarqand tuman texnikumida birinchi bosqich o‘quvchilari bilan tanishuv uchrashuvlari o‘tkazildi.

Psixologlar Ramzibek Iskandari va Matluba Hamdamova o‘quvchilarga psixologik xizmat hamda individual yordam imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ta’lim muassasasidagi ichki tartib va odob-axloq qoidalarining mazmuni tushuntirildi.

Tanishuv uchrashuvlari yangi o‘quvchilarning texnikum hayotiga moslashishi, murojaat qilish imkoniyatlarini bilishi va jamoada mas’uliyatli munosabatlarni shakllantirishiga ko‘maklashishga qaratildi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar