2026-yil 8-oktabr kuni Samarqand tuman texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Ochiq muloqotda Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Muloqot o‘quvchilarning fikrini bevosita eshitish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar