Texnikumda “Milliy liboslar kuni” va “Xon atlas” festivali nishonlandi

12.09.2025 15:19
admin
Yangiliklar
187
Texnikumda “Milliy liboslar kuni” va “Xon atlas” festivali nishonlandi

Samarqand tuman texnikumida “Juma – milliy liboslar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar milliy liboslarda qatnashib, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analariga hurmat ruhida ishtirok etdilar. Guruhlarda o‘tkazilgan ma’naviyat soatlarida ham ushbu mavzu davom ettirildi — “Xon atlas” va milliy naqshlar tarixi, ularning har bir hududga xos xususiyatlari haqida suhbatlar tashkil etildi.

Bunday tadbirlar yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlar merosini asrab-avaylashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish maqsadida texnikumda muntazam o‘tkazib kelinadi.

Fotogalereya

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.