Samarqand tuman texnikumida Ekologik mas’uliyat haftaligi doirasida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga qaratildi.

Biologiya fani o‘qituvchisi Dilfuza Yorbekova tashkil etgan uchrashuvda tabiatni muhofaza qilishda insonning huquqlari va burchlari haqida tushunchalar berildi. Ekologik mas’uliyat kundalik hayotda ham muhim ekani, atrof-muhitga e’tibor har bir kishining shaxsiy munosabatidan boshlanishi mavzuning asosiy mazmunini tashkil etdi.

Davra suhbati o‘quvchilarga ekologik bilimlarini boyitish va tabiatni asrash masalalariga ongli yondashish imkonini berdi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar