Samarqand tuman texnikumida Yoshlar kuni doirasida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda tuman adliya bo‘limi vakili, texnikum rahbariyati va Ravonak mahallasi profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Muloqotda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Yoshlar ongida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan “Halollik vaksinasi” tashabbusining mazmuniga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish va jamiyatda halollikning ahamiyatini anglashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.