Samarqand tuman texnikumida Yoshlar kuni doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda “Stekloplastik” korxonasi rahbari O‘tkir Saidmurodov ishtirok etdi.
Suhbat davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Bandlikni ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi imkoniyatlar hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida texnikumning faol va tashabbuskor o‘quvchilari taqdirlandi. Ochiq muloqot o‘quvchilar va ishlab chiqarish sohasi vakillari o‘rtasida fikr almashish imkonini yaratdi.