Samarqand tuman texnikumida 29-aprel kuni rus tili fani o‘qituvchisi Nargiza Sharopova tomonidan 108-guruh o‘quvchilari uchun “Имя существительное” — ot so‘z turkumi mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda rus tilida so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Jamoaviy va individual topshiriqlar, savol-javoblar hamda interfaol usullar o‘quvchilarning mavzuni faol o‘rganishiga yo‘naltirildi.

Darsda multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanildi. Mavzuni turli topshiriqlar orqali o‘rganish nazariy bilimlarni muloqot jarayonida qo‘llashga yordam beradi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar