2026-yil 30-aprel kuni Samarqand tuman texnikumida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Firuza Buronova tomonidan “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
110-guruh o‘quvchilari ishtirokidagi mashg‘ulotda jamoaviy va individual topshiriqlar, savol-javoblar hamda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanildi. Dars mutafakkirning ijodiy merosi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga qaratildi.
Multimedia vositalari va tarqatma materiallar mavzuni ko‘rgazmali yoritishga yordam berdi. Adabiy merosni o‘rganish yoshlarning madaniy dunyoqarashi va ona tiliga hurmatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.