30-aprel kuni Samarqand tuman texnikumida tarix fani o‘qituvchisi Suxrob Safarov tomonidan 110-guruh uchun ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida interfaol usullar, jamoaviy va individual topshiriqlardan foydalanildi. Mavzu doirasidagi savol-javoblar o‘quvchilarning tarixiy voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishiga yo‘naltirildi.

Multimedia vositalari va tarqatma materiallar yordamida tarixiy jarayonning mazmuni yoritildi. Sabab va oqibatlarni tahlil qilish voqealarni izchil o‘rganish va tarixiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar