Samarqand tuman texnikumida 4-may kuni maxsus fan o‘qituvchisi Shuxrat Zikriyayev tomonidan 201-guruh uchun ochiq dars o‘tkazildi. Mashg‘ulot dvigatelning sovutish tizimi tuzilishi va unga servis xizmatini ko‘rsatish mavzusiga bag‘ishlandi.
Darsda kasbiy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan interfaol usullar, jamoaviy va individual topshiriqlardan foydalanildi. Ko‘rgazmali vositalar mavzuni avtomobilning texnik tizimlari bilan bog‘lab tushuntirishga yordam berdi.
O‘quvchilar mavzu yuzasidan savol-javoblarda qatnashdi. Multimedia vositalari va tarqatma materiallar yordamida servis xizmatiga oid tushunchalar yoritildi.