Tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti
Texnikum o‘quvchilarining “Zulfiya” korxonasidagi amaliyoti o‘rganildi. Mashg‘ulotlar kasbiy bilimlarni ishlab chiqarish sharoitida mustahkamlashga xizmat qiladi.
E’lon qilindi: 4 ta surat361 marta ko‘rilgan
2026-yil 25-may kuni Samarqand tuman texnikumi o‘quvchilarining “Zulfiya” ishlab chiqarish korxonasida o‘tayotgan amaliyoti monitoring qilindi.
Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchilarga tikuvchilik bo‘yicha o‘rgangan bilimlarini korxona sharoitida qo‘llash imkonini beradi. Tikuv mashinalari bilan ishlash, buyumlarni tayyorlash va ish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish kasbiy tayyorgarlikning muhim qismidir.
Monitoring jarayonidan olingan fotolavhalarda o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlari aks etgan.