Samarqand tuman texnikumining sartaroshlik yo‘nalishidagi 110-guruh o‘quvchilari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadi.

Amaliyot kasbiy bilimlarni haqiqiy xizmat ko‘rsatish sharoitida qo‘llash imkonini beradi. Sartaroshlik ishlarini bajarish, ish joyini tartibli tashkil etish va mijozga e’tiborli munosabat kasbiy tayyorgarlikning muhim jihatlaridir.

Fotolavhalarda o‘quvchilarning sartaroshlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari aks etgan.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar